Mazkur tartib 9-11 sentyabr kunlari amal qiladi, deya ma`lum qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.
Qayd etilganidek, bu kunlarda "Tashkent Music Fest 2022" musiqa festivali o`tkaziladi. Shu munosabat bilan quyidagi bir necha ko`chalar yopiladi:
— Buyuk Turon ko`chasi Alisher Navoiy shoh ko`chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko`chasigacha;
— Istiqlol ko`chasi Buyuk Turon ko`chasi bilan kesishmasidan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasigacha;
— Zarafshon ko`chasi Alisher Navoiy shoh ko`chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko`chasigacha;
— Javaharlal Neru ko`chasi Zarafshon ko`chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko`chasigacha.
"Haydovchilardan aylanma yo`llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.






