AsosiyJamiyat

“UzAuto Motors” malakali kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilmoqda

'“UzAuto Motors” malakali kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilmoqda'ning rasmi

Andijon viloyati Asaka shahri  Asaka avtomobil zavodi bilan butun respublikaga nom taratgan. Avtomobil sanoati O`zbekiston iqtisodiyotida etakchi o`rinlardan birini egallaydi.  Bu haqda “UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu sohada mamlakat alohisining salmoqli qismi ish bilan bandligi ta`minlangan. Avtomobilsozlikdagi bitta ish o`rni turdosh sohalarda 7-8 ta ish o`rnini yaratadi. Bugungi kunda zavodning ishlab chiqarish hajmi 300 000 ming dona avtomobil bo`lib, ushbu quvvat kundan kunga ortib bormoqda. 
Qolaversa, xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi rahbarining topshirig`iga binoan kompaniyaning boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich tranformasiya qilish doirasida, GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida yangi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish amalga oshirildi. 
“Korxonada ishlab chiqarish hajmining bosqichma-bosqich oshirilishi, yangi GM platformasida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini yig`ishning boshlanishi minglab yangi ish o`rinlari, yangi ishchi kuchiga bo`lgan talabni keltirib chiqarmoqda.”– deydi UzAuto Motors xodimlarni boshqarish direksiyasi rahbari Ilhom Tairov.

    Boshqa yangiliklar