Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan "Tashabbusli byudjet" jarayoni doirasida ayrim loyihalar qisqa muddat ichida minglab ovozlar to`playotganligi yuzasidan e`tirozlar bildirilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Moliya vazirligi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilishi ma`lum qilindi.
"Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shubhali to`plangan ovozlar deb topilgan loyihalar bo`yicha Moliya vazirligi tomonidan ushbu murojaatlarning haqqoniyligi yuzasidan o`rganishlar olib boriladi.
O`rganishlar natijalari bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi", – deyiladi vazirlik munosabatida.
Ta`kidlanishicha, ovoz berish jarayonining muddati tugagach barcha ovozlar qayta tekshirib chiqiladi.
Eslatib o`tamiz, ovoz berish jarayonlari joriy yilning 17 sentyabriga qadar davom etadi.






