AsosiyJamiyat

Toshkentda 125,7 mln so`mlik kontrabanda mahsulotlarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Toshkentda 125,7 mln so`mlik kontrabanda mahsulotlarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo`limi tomonidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda,  Olmazor tumanida ta`maki mahsulotlarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Fuqaro D.Yu. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 125,7 mln so`mlik 9 950 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o`tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (ta`maki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar