Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, beqarorlik faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida saqlanib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shimolda va cho`l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37° ni, shimolda 23-28° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 34-36° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo`ladi.
08.09.2022 03:53
Bugun havo harorati 32-37 daraja bo`lishi prognoz qilindi






