Voyaga etmagan bolaning xavfli manyovrlar bilan harakatlangani aks etgan video bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ulgurdi.
Toshkent shahar IIB xabariga ko`ra, keng muhokamaga sabab bo`lgan ushbu videotasvirdagi fuqaro 16 yashar maktab o`quvchisi bo`lgan.
U ichki ishlar xodimlariga bergan tushuntirishida avtomashinani soyaga olib qo`ymoqchi bo`lganini aytadi.
Ma`lum qilinishicha, bunday holatlar yoshlar o`rtasida qayta takrorlanmasligi, og`ir oqibatli yo`l transport hodisalari sodir etilishini oldini olish maqsadida o`quvchining sodir etgan hatti harakatlari jamoatchilik o`rtasida muhokama qilingan.
Mazkur holat yuzasidan bolaning voyaga etmagani sabab uning onasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksnig 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-modda (boshqarish huquqi bo`lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi) bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.






