AsosiyDunyo

Yaponiya bugundan xususiy sayyohlar uchun chegaralarni ochdi

'Yaponiya bugundan xususiy sayyohlar uchun chegaralarni ochdi'ning rasmi

Bugundan boshlab xususiy turistlarga kun chiqar mamlakatga kirishga ruxsat bor. Biroq bu tartib mustaqil sayohatchilarga taalluqli emas. Bu haqda COVID-19' tarqalishining oldini olish bo`yicha idoralararo komissiya ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' sayti.

Ta`kidlanganidek, belgilangan shartga asosan, sayohatchi aviachiptalarni va turar joyni sayyohlik agentligi orqali buyurtma qilishi kerak. Bunday holda, sayyohlik agentliklari sayohatchining aniq manzilini bilib oladi. Kompaniyalarning vazifalariga ijtimoiy masofa qoidalari haqida ma`lumot berish ham kiradi. Agar mehmonlar kasal bo`lsa, agentliklar bog`lovchi bo`ladi.

"Sayyohlik agentliklari tomonidan taqdim etilmagan turar joylar, masalan, xususiy kvartiralar va kichik mehmonxonalarda qolishni istagan sayohatchilarga mamlakatga kirishga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, 7 sentyabrdan boshlab mamlakatga har kuni 20 emas, balki 50 000 sayohatchi qabul qilinishi rejalashtirilgan", – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar