Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`istonda kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 34-39° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 36-38° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo`ladi.
07.09.2022 03:11
Bugun havo harorati 34-39 daraja bo`lishi kutilmoqda






