AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik ikki nafar ishchini beton plitasi bosib qoldi

'Rossiyada o`zbekistonlik ikki nafar ishchini beton plitasi bosib qoldi'ning rasmi

Rossiyaning Jukovskiy shahrida o`zbekistonlik ikki ishchi xandaq qaziyotganda tuproq ostida qoldi, ularning ustini beton plita bosib qolgan. Bu haqda "MK" xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, o`zbekistonlik ikki ishchi jismoniy shaxs tomonidan yollangan. Ular Pravolineynaya ko`chasidagi garajlar yonida xandaq qazayotgan bo`lgan. To`satdan tuproq qulab, beton plita bilan birga ishchilar ustiga tushgan.

Jarohatlangan erkaklardan birini voqea joyida halok bo`lgan, ikkinchisi esa zudlik bilan kasalxonaga oloib ketilgan. Shifokorlar hozir uning hayoti uchun kurashmoqda.

Moskva viloyati bo`yicha Tergov qo`mitasining Bosh tergov boshqarmasi ishchilaridan birining o`limi yuzasidan tergov olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar