AsosiyJamiyat

7 sentyabr kuni O`zbekistonda 40 daraja issiq bo`ladi — "O`zgidromet"

'7 sentyabr kuni O`zbekistonda 40 daraja issiq bo`ladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 7 sentyabr uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 36-38° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`ladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.  

XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`ladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.  

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`ladi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° bo`ladi.  

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 34-39° bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 33-38° bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar