NASA 6 sentyabr kuni Er yonidan tovushdan tez harakatlanadigan asteroid uchib o`tishini ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
Astronomlarning ta`kidlashicha, u o`qdan o`n barobar tezroq harakatda. Olimlar samoviy jismga “2022 QC7” deb nom berishgan. Uning kengligi 36 metr bo`lib, bu Boeing-767 qanotlarining yarmiga teng.
“2022 QC7” asteroidi sayyoramizga soatiga 32 760 km tezlikda, ya`ni tovush tezligidan taxminan 27 marta tez yaqinlashmoqda", – deyiladi xabarda.
Koinot agentligi ma`lumotlariga ko`ra, kosmik jismning Er bilan to`qnashuvi yuz bermaydi.






