Armaniston qurolli kuchlari bo`linmalari Ozarbayjon armiyasining pozisiyalarini o`qqa tutdi, dushmanning o`qlari javob harakatlari bilan bostirildi, deb yozadi xorijiy nashrlar mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib.
Ma`lum qilinishicha, hodisa 4 sentyabrdan 5 sentyabrga o`tar kechasi davlat chegarasida sodir bo`lgan. Qayd etilishicha, o`qqa tutish Basarkechar tumanining Quyi va Yuqori Sho`rja qishloqlaridagi pozisiyalardan Kalbajar viloyati yo`nalishida amalga oshirilgan.
"Ozarbayjon armiyasining tegishli choralar ko`rishi natijasida dushman o`qlari bostirildi",- deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, chegaradagi vaziyat nisbatan barqaror.






