Bugun, 5 sentyabr kuni yo`llardagi tirbandlik etmaganidek, avtobuslar hamda metrolar ham odamlar bilan to`lib-toshdi.
Toshkent metropoliteni o`quv yili boshidagi holat yuzasidan fikr bildirib, 2022 yilning sentyabrida metropolitendan foydalanuvchi yo`lovchilar soni o`tgan yilga nisbatan kuniga 200 mingdan oshishini ma`lum qildi. Tadqiqotlarga ko`ra, bu ko`rsatkich sentyabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktyabr oyida esa 600 mingga etadi.
"Shu sababli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida poytaxt metropoliteni tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda"-deyiladi xabarda.
Shu bilan bir qatorda, metropoliten ma`muriyati yo`lovchilarga murojaat bilan chiqib, bu borada yo`lovchilarni ham metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishga chaqirdi.
Metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yo`lovchilarga esa imkon qadar to`lovni bank va transport kartalari orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.






