AsosiyJamiyat

Darsliklar nafaqat tekin, balki sifat jihatdan ham to`liq tanqidiy ko`rib chiqiladi

'Darsliklar nafaqat tekin, balki sifat jihatdan ham to`liq tanqidiy ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Maktab darsliklariga oid davlat rahbarining tegishli topshirig`idan so`ng Sardor Umurzakov mazkur masala bo`yicha tanqidiy yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda uning o`rinbosari Komil Allamjonov ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, barcha maktab darsliklarini kompleks tekshiruvdan o`tkazish, ulardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash bo`yicha Prezident Administrasiyasi, Xalq ta`limi vazirligi, Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va yana bir qator tashkilotlarning mas`ul vakillaridan iborat katta ishchi guruh tuzildi.

"Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi va Xalq ta`limi vazirligiga 1 oy muddatda darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko`rib chiqish, davlat buyurtmasi bajarilishining shaffof va samarali tizimini joriy etish vazifasi belgilandi", — deydi Allamjonov.

    Boshqa yangiliklar