AsosiyJamiyat

“Nima, bu viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat etishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?” – Prezident

'“Nima, bu viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat etishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?” – Prezident'ning rasmi

Prezident raisligida  o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida Andijon, Buxoro, Xorazm viloyatlarida  paxta va g`alladan qisqartirilib, aholiga bo`lib berilgan erlardan samarali foydalanib, 3 martagacha hosil olib, ichki bozorni ta`minlash bilan birga eksportni 1,5 baravarga oshirgani ta`kidlandi.

Islohotlar natijasida respublikada parranda go`shti, tuxum, baliq, guruch mahsulotlari bilan ta`minlash darajasi ancha yaxshilandi.

Misol uchun, so`nggi 3 yilda:

  • baliq etishtirishni Andijon 4 ming tonnadan 25 ming tonnaga, Buxoro  3,5 ming tonnadan 23 ming tonnaga oshirgan;
  • parranda go`shtini Samarqand 22 ming tonnadan 100 ming tonnaga, Toshkent viloyati 31 ming tonnadan 90 ming tonnaga etkazgan;  
  •  tuxum ishlab chiqarishni Sirdaryo 127 million donadan 200 million donaga, Namangan 480 million donadan 700 million donaga, Farg`ona 350 million donadan 600 million donaga ko`paytirib, to`liq o`zini-o`zi ta`minlayapti.

 

Lekin, ayrim viloyat hokimlari bu ishlarni to`g`ri tashkil qila olmagani qayd etildi.

“Nima, bu viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat etishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?”, deya savol qo`ydi Prezident.  

Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog`liq bo`lib qolayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz bu holatni qattiq tanqid qilib, mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini o`zimizda ishlab chiqarib, ko`paytirish bo`yicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.

Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada o`zgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi ko`rsatib o`tildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar