AsosiyJamiyat

Qo`qon shaxar YXHB bo`linmasida fuqaro lezviya ko`tarib, o`z joniga qasd qilaman deb yurgani aytilmoqda (video)

'Qo`qon shaxar YXHB bo`linmasida fuqaro lezviya ko`tarib, o`z joniga qasd qilaman deb yurgani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Internet tarmog`ining “Telegramm” messenjerida Qo`qon shahar Ichki ishlar bo`limi Yo`l harakati xavfsizligi bo`limida bir fuqaroning (ayol) sog`lig`i yomonlashgani va yana bir fuqaroning o`ziga tan jarohoti etkazayotgan holati aks etgan video tasvir tarqaldi. 

Holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB JXX YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 1 sentyabr kuni Qo`qon shahar U.Nosir ko`chasida YPX inspektorlari tomonidan to`xtatilgan “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisining psixotrop modda ta`sirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekshiruvga taklif etilgan vaqtda haydovchi tibbiy tekshiruvdan bosh tortgan. Ushbu holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 136-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi ma`lum bo`ldi.
Joriy yilning 5 sentyabr kuni ushbu “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi va uning onasi Qo`qon shahar Ichki ishlar bo`lim Yo`l harakati xavfsizligi bo`limiga kelib, ushbu ma`muriy bayonnomaga e`tiroz bildirib, tarnsport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishni so`rashgan.  

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan to`plangan hujjatlar sud organiga ko`rib chiqish uchun yuborilishi hamda qonuniy qaror qabul qilinishi tushuntirilganda    haydovchining bundan jahli chiqib,  o`ziga tan jarohati etkazgan va onasining sog`ligi yomonlashgan.
Ushbu fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

Hozirda holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar