AsosiyJamiyat

O`zbekistonga salqin havo qachondan kirib kelishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonga salqin havo qachondan kirib kelishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Haftaning birinchi yarmida O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, kuz faslining boshi uchun me`yoriy qiymatlardan biroz iliqroq bo`ladi. Bu haqda «O`zgidromet» xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo harorati kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida bo`ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida mamlakat hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha biroz pasayadi. 7-9 sentyabr kunlari faqat Qoraqalpog`iston tumanlari bo`yicha qisqa muddatli yomg`ir yog`ish ehtimoli bor.

6 sentyabr kuni shimolda, 7-8 sentyabr kunlari respublikaning cho`l hududlarida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

    Boshqa yangiliklar