Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro A.F va boshqalar tadbirkor A.ning ishonchiga kirib, unga Farg`ona tumani “Qo`rg`ontepa” MFY hududidan 22 gektar ekin er maydonini intensiv bog` tashkil etish uchun olib berish evaziga 68 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, ushbu olgan pullari hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, A.F. boshqa bir fuqaro D.ga Farg`ona tumanidan 10 gektar ekin er maydoni olib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini qo`lga kiritib, shundan 5 700 AQSh dollarini qaytarmasdan kelayotganligi aniqlangan.
Shu kabi, Rishton tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.M. va boshqalar “D.” fermer xo`jaligiga qarashli 10 sotix ekin er maydonini hujjatlarni soxtalashtirish orqali fuqaro J.ning nomiga turar-joy sifatida kadastr yig`ma jildi rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.
Shuningdek, R.M. fuqarolar B. va A.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida tuman hududidan uy-joy qurish uchun er maydoni ajratib berish evaziga 100 mln so`m va 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






