AsosiyJamiyat

Mutaxassislar “omikron” qanday bemorlarda og`ir o`tishi mumkinligini ma`lum qildi

'Mutaxassislar “omikron” qanday bemorlarda og`ir o`tishi mumkinligini ma`lum qildi'ning rasmi

Pandemiya hali chekingani yo`q. Koronavirusni yuqtirayotganlar soni ham hanuz yuqori. Shunga qaramay, odamlar avvalgidan ancha xotirjam. Ko`pchilik bu xastalik bilan yonma-yon yashashga ko`nikmoqda.

Chunki hozir dunyoda dominantga aylangan “omikron” shtammining qator variantlari bemorlarda nisbatan engil kechyapti. Bu esa yangi mutasiyalarning ta`sir kuchi susaygan, degan fikrlarga asos bo`lmoqda. 

Biroq rossiyalik genetik Pavel Volchkov bu xulosaga qo`shilmaydi. Bu haqda mamlakatimiz SSV matbuot  xxizmati xabar bermoqda

Mutaxassis izohiga ko`ra, bugun koronavirus nisbatan engil asoratlar bilan o`tayotgani uning xavfsiz ekanligini anglatmaydi. 

Aksincha, bu aholining ommaviy immuniteti oshib borayotgani natijasi. Negaki, hozirgacha ko`pchilik allaqachon COVID-19ga chalinib ulgurgan. Qolaversa, katta qatlam bu xastalikka qarshi emlangan.

Shu sababli tanamizda hosil bo`lgan antitanalar SARS-CoV-2ni yuqori nafas yo`llarida bloklab, uning boshqa a`zolarda keng tarqalishiga to`sqinlik qilmoqda. Natijada kasallik engilroq simptomlar bilan namoyon bo`lib, bemorlarning oyoqqa turish davri qisqaryapti. 

Lekin avval koronavirusga chalinmagan yoki bunga qarshi vaksina olmagan kishilar “omikron”dan tez va oson xalos bo`lishi xususida dalillar mavjud emas. Aksincha, bu variant o`zi etib bora oladigan deyarli har qanday hujayralarga infeksiyani yuqtirish xususiyatiga ega.

COVID-19ning oldingi shtammlari, jumladan, “delta” haqida to`xtalsak, u birinchi navbatda pastki nafas yo`llariga “hujum” qilishga moslashgan edi. Shu bois kasallik bemorlarda pnevmoniyani keltirib chiqardi. 

Sababi, infeksiya pastki nafas yo`llariga o`tishi uchun virusning katta konsentrasiyasi kerak. Shu tufayli bu shtammning patogenligi yuqori edi.


 

    Boshqa yangiliklar