AsosiyJamiyat

⚡️O`qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazish bo`yicha topshiriq berildi

'⚡️O`qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazish bo`yicha topshiriq berildi'ning rasmi

Yangi 2022-2023 o`quv yili oldidan Toshkent viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamda Maktabgacha ta`lim boshqarmasi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan o`qituvchi, tarbiyachilar uchun Toshkent viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi Ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda bepul tibbiy ko`riklar tashkil etiladi.

Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatiga ko`ra, tibbiy ko`rikdan o`tish istagida bo`lgan o`qituvchi va tarbiyachilar, o`zlarining yashash hududidagi Ko`p tarmoqli markaziy poliklinikaga (tibbiy ko`rikdan o`tadigan o`qituvchi va murabbiylar ro`yxatini shakllantirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.

"Ushbu masala yuzasidan qo`shimcha savol tug`ilsa, Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasida joylashgan shtabga, shtab a`zolarining qo`yidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari mumkin",-deyiladi xabarda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bu borada quyidagicha firk bildirdi.

"Qonunda ushbu tizim xodimlari uchun majburiy tibbiy ko`rik bepul ekanligi ko`rsatilishiga  qaramay turli vajlar bilan bu qonun talabi bajarilmay, xodimlar o`z hisoblaridan tibbiy ko`rikdan o`tib kelishmoqda edi. Nihoyat qonunda kafolatlangan huquqning amalda ham ta`minlanishiga erishilayotgani bizni hursand qilmoqda. Har qalay harakatlarimiz zoe ketmabdi",-deydi u.

    Boshqa yangiliklar