"O`zgidromet" markazi 8 sentyabrgacha kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5 sentyabrda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 35-40 daraja; 6 sentyabrda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 7 sentyabrda kechasi 12-17daraja, kunduzi 25-30 daraja; 8 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-7 sentyabrda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 8 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-7 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 8 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 5 va 8 sentyabrda 32-37 daraja, 6-7 sentyabrda 34-39 daraja bo`ladi.






