AsosiyDunyo

Qozog`istonda kuchli o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda

'Qozog`istonda kuchli o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda'ning rasmi

Kecha, 2 sentyabr kuni Qozog`istonning Qo`stanay viloyatida boshlangan yirik o`rmon yong`inlari sabab 43 ming gektar maydonga zarar etdi. Bu haqda Zamon.uz sayti INTERFAX.RU  tayanib xabar berdi. 

Mamlakat Favqulolodda vaziyatlar vazirligining so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat 106 mingta o`rmon resurslarini qamrab olgan. Yong`in ko`lami issiq havo va kuchli shamol tufayli kengayib bormoqda.

Hodisa oqibatida evakuasiya kilinishdan bosh tortgan 86 yoshli nogiron kishi vafot etgan, 10 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 108 ta bino vayron bo`lgan. 

Hozirgacha 1,8 mingdan ortiq mahalliy aholi xavfsiz joyga ko`chirildi. Turarjoy binolariga yong`in tarqalishining oldini olish maqsadida uchta jangovar hudud tashkil etilgan.

Tabiiy ofat sabab 43 ming gektar maydonga zarar etgan.
 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar