Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yillar davomida to`plangan texnogen chiqindilarni qayta ishlashga katta e`tibor qaratgan. Chiqindilarni qayta ishlashga jalb etish samarali ekanligi o`z isbotini topdi.
Samarqand viloyatida joylashgan “Ingichka” koni joriy yilda “Olmaliq KMK” AJ tasarrufiga o`tkazilgan. “Ingichka” volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash va volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo`shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Jumladan, kuni kecha “Ingichka” konidan ilk volfram mahsuloti olinishiga erishildi.






