Adliya vaziriligining ma`lum qilishicha, kafillik – shartnoma bo`yicha boshqa shaxsning majburiyatini to`la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o`z zimmasiga olish demakdir.
Qarzdor kafillik bilan ta`minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kredit oldida solidar javob beradi.
Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to`laydi, qarzni undirib olish bo`yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor ko`pgan boshqa zararlarni to`laydi.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.






