AsosiyDunyo

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov lavozimidan ketishini aytdi

'Checheniston rahbari Ramzan Qodirov lavozimidan ketishini aytdi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov lavozimidan ketishiga ishora qildi. 

"Do`stlar, bugun Rossiyadagi sub`ektlar rahbarlari orasida eng uzoq vaqtdan buyon ishlab kelayotganimni bildim. O`zim ham ko`p qolib ketganimni sezgandim. Uzoq muddatli ta`tilga munosibman deb o`ylayman. Meni tushunasiz va qo`llab-quvvatlaysiz degan umiddaman", deb yozdi Qodirov o`z postida.

" Mana 15 yilki , men respublikani boshqaraman.  Biz kavkazliklarda va  chechenlarda maqol bor. "Mehmon o`z izzatini bilib ketgani yaxshi degan" Shundan kelib chiqib meniyam ketish vaqtim etdi" , dedi tg kanalida Qodirov.

"Ramzan Qodirovning Checheniston rahbari lavozimidan ketishi chechen xalqi va butun Rossiya uchun katta yo`qotish bo`ladi, aholi bunga qarshi bo`ladi", dedi FSB xalqaro qo`mitasi rahbarining birinchi o`rinbosari Vladimir Jabarov RIA Novostiga. 

“Qodirov eng ko`zga ko`ringan zamonaviy liderlardan biri”, — dedi senator. Qodirov rahbarligi davrida respublika Rossiyaning eng barqaror mintaqalaridan biriga aylanganini ta`kidladi.

“Checheniston Respublikasi maxsus harbiy operasiya (Ukrainada) paytida sodir bo`lgan voqealarda o`zini ayniqsa ijobiy ko`rsatdi”, — dedi siyosatchi. 

“Qodirov qo`shnilari orasida katta hurmatga ega... Menimcha, u ketishga hali yosh”, — dedi deputat.

Uning fikricha, "inson o`z fikrini aytishi mumkin, ammo xalq uning ketishiga qat`iyan qarshi bo`ladi".

"Uning temir hokimiyati bor, hamma uni hurmat qiladi. Agar u ketsa, chechen xalqi va butun Rossiya uchun katta yo`qotish bo`lardi", - deya xulosa qildi Jabarov.

    Boshqa yangiliklar