Joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan, 14-15-16- va 17 sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo`llari yopiladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
“Shu munosabat bilan viloyat hududidan tranzit o`tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilganligini ma`lum qilamiz.
Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo`llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo`llardan mobil ilova orqali ham ko`rishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.






