O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 34-39° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 35-37° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-29° bo`ladi.






