AsosiyJamiyat

Toshkentda yuz bergan ayanchli YTH oqibatida ikki avtomashina ariqqa tushib ketdi

'Toshkentda yuz bergan ayanchli YTH oqibatida ikki avtomashina ariqqa tushib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Termiz-Toshkent" yo`nalishidagi magistral yo`lda ayanchli avtohalokat ro`y bergani aytilgan video tarqaldi.

Viloyat IIB YHXBning xabariga ko`ra, hodisa kecha, 2 sentyabr kuni soat  tahminan 12:00 larda Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani hududidan o`tgan M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz–Termiz” avtomobil yo`lining 829-kilometrida yuz bergan.

1992 yilda tug`ilgan Bekobot tumanida yashovchi haydovchi S.D “Nexia 2” rusumli avtomobilda o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan B.X boshqaruvidagi “Nexia 3” rusumli avtomobil bilan to`qnashib yo`l transport hodisasi sodir etgan va yo`l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

Voqea natijasida ikkala mashina haydovchilari tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgani aytilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar