AsosiyJamiyat

"Arzonlashtirilgan ko`mir 15 sentyabrdan ommaviy berila boshlaydi — "O`zbekko`mir"

'"Arzonlashtirilgan ko`mir 15 sentyabrdan ommaviy berila boshlaydi — "O`zbekko`mir"'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, aholi ehtiyojlari uchun mahalliy arzonlashtirilgan ko`mir mahsuloti 15 sentyabrdan ommaviy tarzda berila boshlaydi. Bu  ish "Ko`mir ta`minot" MChJning respublika bo`yicha 101 hududiy ko`mir ombori va shaxobchasi orqali amalga oshiriladi.

"Siz qish mavsumida ko`mir mahsulotiga ehtiyoj sezsangiz, hozirdanoq o`zingiz istiqomat qilayotgan MFYga murojaat qilib, ko`mir oluvchilar ro`yxatiga kiritilishingiz kerak. Ushbu ro`yxat shakllantirilgach, mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi va uyingizga yaqin ko`mir omboriga yuboriladi. Ko`mirni ana shu ro`yxatga muvofiq xarid qilishingiz mumkin",-deydi mutasaddi.

Eslatib o`tamiz, aholiga mo`ljallangan mahalliy ko`mir markasi - BR, namligi - 40 foiz, kullik darajasi 17 foiz, fraksiyasi -0-300 mm. Narxi (1 tn) - 300 300 so`m.

Mahalliy ko`mir harid qilayotganda, mahsulotning sifat sertifikatiga muvofiqligini tekshirish talab etiladi..

    Boshqa yangiliklar