AsosiyDunyo

Afg`onistonda juma namozi paytida masjid portlatildi

'Afg`onistonda juma namozi paytida masjid portlatildi'ning rasmi

Afg`onistonning Hirot shahridagi Go`zargoh masjidida 2 sentyabr kuni juma namozi paytida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda «Sputnik Afganistan» xabar berdi.

"Tolo news" dastlabki ma`lumotlarga tayanib, portlash oqibatida «Tolibon» harakatini qo`llab-quvvatlovchi bayonotlari bilan tanilgan masjid xatibi Mujib ar-Rahmon Ansoriy halok bo`lganini ma`lum qilgan.

Keyinchalik Hirot gubernatorligi matbuot xizmati Mujib ar-Rahmon Ansoriy va yana 6 kishining halok bo`lganini rasman tasdiqlagan. Polisiya esa hujum qurbonlari soni 29 kishiga etganini ta`kidlagan.

Ma`lumotlarga ko`ra, «Tolibon» harakati bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Abdulg`ani Barodar 2 sentyabr kuni Hirotga borib, bir necha soatdan keyin juma namozi vaqtida masjiddagi portlashda halok bo`lgan Mujib ar-Rahmon Ansoriy bilan birgalikda iqtisodiy forumda nutq so`zlagan. Ammo uning masjiddagi juma namozida bo`lgan yoki yo`qligi hozircha noma`lum.

    Boshqa yangiliklar