O`zbekistondagi barcha davlat oliy ta`lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to`lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo`yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023-o`quv yili uchun barcha davlat oliy ta`lim muassasalari bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bazaviy to`lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to`lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilangan.
Quyidagi jadval orqali yo`nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to`lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishish mumkin.






