AsosiyJamiyat

Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Aziz Abduhakimovga Mustaqillik munosabati bilan tabrik yo`lladi

'Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Aziz Abduhakimovga Mustaqillik munosabati bilan tabrik yo`lladi'ning rasmi

Butunjahon Turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tabrik yo`lladi.  

Tabrikda O`zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining muhim va ishonchli hamkori, shuningdek, turizm sohasida tan olingan etakchi davlatlardan hisoblanishi vaO`zbekiston hukumatiga turizmni rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirilgan.

"O`zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining muhim va ishonchli hamkori, shuningdek, turizm sohasida tan olingan etakchi davlatlardan hisoblanadi. O`zbekiston hukumatiga turizmni rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Tashkilot Sizning turizm sohasidagi tashabbuslaringizni doim qo`llab-quvvatlashga tayyor",-deydi u.

U so`zida davom etarkan, o`zbek xalqiga tinchlik tiladi.

"O`zbek xalqiga farovonlik, Sizga esa mustahkam sog`lik, Vatan ravnaqi yo`lidagi mas`uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman", deyiladi tabrikda.

    Boshqa yangiliklar