Kuni kecha Turkiyaning shimolidagi Samsun shahrida ilk bor Baykar Makina tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz harbiy samolyot Bayraktar Kızılelma ("qizil olma") taqdim etildi.
Turkiya axborot agentligining ma`lum qilishicha, dron reaktiv dvigatel bilan jihozlangan.
Jangovar transport vositasi Turkiyaning qora dengiz sohilidagi TEKNOFEST KARADENİZ aviasiya va kosmik festivali doirasida taqdim etilgan.
Bayraktar Kizilelma tadbir ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg`otgani aytiladi xabarda.





