Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.D. boshqa bir fuqaro A.ga 40 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositacini 5,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






