7 sentyabrdan Yaponiyaga turistik guruhlar tarkibida barcha davlat fuqarolari kirishi mumkin. Bu haqda Zamon.uz' sayti yozmoqda.
Bundan oldin iyun oyida rasmiy Tokio 98 davlat fuqarolariga cheklovlarni yumshatgandi. Endilikda karantin cheklovlari yanada yumshatilishi rejalasht
Hukumat 7 sentyabrdan boshlab Yaponiyaga kuniga 50 ming xorijlik kirishiga ruxsat bergandi. Bundan tashqari, yakka sayohat qilayotganlarning ham kelishi masalasi ko`rib chiqiladi.
Mamlakat migrasiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, koronavirus cheklovlari yumshatilgach, iyun va iyul oylarida turistik guruhlar tarkibida 8.1 ming xorij fuqarolari Yaponiyaga kelgan.
2019 yilda Yaponiyaga 31.88 million turist tashrif buyurgan. Hukumat 2020 yilda bu ko`rsatkichni 40 millionga etkazishni maqsad qilgandi. Ammo pandemiya tufayli rejalar ortga surildi.






