Qozog`istonda Tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish masalalari bo`yicha mintaqalararo komissiya don va un eksport qilishdagi cheklovlarni olib tashladi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Mamlakat Qishloq xo`jaligi vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Qozog`istonda g`alladan yaxshi hosil bo`lishi kutilmoqda. 2022 yilda 13 million tonnadan ortiq bug`doy yig`ib olish rejalashtirilgan, bu 2021 yilgi hosildan 12 foizga ko`pdir. Ichki iste`mol uchun taxminan 6,5 million tonna talab qilinadi.
Cheklov Qishloq xo`jaligi vazirligining buyrug`i bilan 2022 yil 8 iyuldan 30 sentyabrgacha kiritilgandi.






