AsosiyJamiyat

Vladimir Norov AQSh Elchisini qabul qildi

'Vladimir Norov AQSh Elchisini qabul qildi'ning rasmi

2022 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniel Rozenblyumni qabul qildi.

V.Norov Elchini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko`ra «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlangani yuzasidan tabrikladi. Bu uning O`zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarini qo`shgan hissasi yuqori baholanganidan dalolat beradi.

D.Rozenblyum O`zbekistondagi faoliyati davomida respublikaning barcha sohalarda jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng ko`lamli islohotlarga guvoh bo`lganini ta`kidladi. AQSh hukumatining O`zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal o`zgarishlar siyosatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash qayd etildi.

O`zbekiston-AQSh Strategik sheriklik muloqoti doirasida qator tadbirlarning muvaffaqiyatli o`tkazilgani mamnuniyat bilan e`tirof etildi. O`zbekiston va Qo`shma Shtatlari ilgari erishilgan kelishuvlarning to`liq ijrosi yuzasidan birgalikda ishlashga tayyorligi tasdiqlandi.

Ikki tomonlama darajada va «5+1» shaklidagi bo`lajak uchrashuvlar jadvali bo`yicha fikr almashildi.

Elchi O`zbekiston tomoniga mamlakatda diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo`llab-quvvatlagani va qulay sharoitlar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Qanday lavozimni egallashidan qat`iy nazar O`zbekistonning do`sti bo`lib qolishini ta`kidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar