AsosiyJamiyat

“FlyNas” aviakompaniyasi Jidda – Toshkent – Jidda yo`nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi

'“FlyNas” aviakompaniyasi Jidda – Toshkent – Jidda yo`nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

“FlyNas” aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent – Jidda yo`nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, O`zaviasiya” agentligi tomonidan 2022 yil 26 avgustda “FlyNas” (Saudiya Arabistoni) aviakompaniyasining 2021 yil 25 iyundagi 12-K-sonli Ekspluatasion ruxsatnomasiga O`zbekiston Respublikasiga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun yangi Jidda – Toshkent – Jidda yo`nalishi kiritildi.

Aviakompaniya Jidda – Toshkent – Jidda yo`nalishida haftasiga uch marotabadan parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

“FlyNas” aviakompaniyasi O`zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni Airbus 320 havo kemalarida amalga oshiradi.

 

    Boshqa yangiliklar