AsosiyDunyo

Kann kinofestivalining “Oltin palma novdasi sohibi Charlbi Din 32 yoshida kasallikdan vafot etdi

'Kann kinofestivalining “Oltin palma novdasi sohibi Charlbi Din 32 yoshida kasallikdan vafot etdi'ning rasmi

Janubiy afrikalik aktyor va model  “G`amginlik uchburchagi” satirik komediyasida  rol ijro etgan Charlbi Din Nyu-Yorkdagi kasalxonada 32 yoshida to`satdan  vafot etdi.

Aktrisa  o`tgan yilning may oyida Kann kinofestivalida “Oltin palma novdasi” bilan taqdirlangan.

Ma`lumot uchun, “G`amginlik uchburchagi” filmiga shvesiyalik Ruben Östlund  rejissyorlik qilgan. Satirik komediya janridagi  kartina “Fors-major” va “Kvadrat” filmlarini o`z ichiga oladi. Bosh rollarni Vudi Xarrelson va Xarris Dikkinson ijro etgan. Film oktyabr oyida AQSh va Buyuk Britaniya kinoteatrlarida namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar