AsosiyJamiyat

“Kinematografiya fidokori” ko`krak nishoni ta`sis etildi

'“Kinematografiya fidokori” ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

Hukumat qarori (480-son, 31.08.2022 y.) bilan “Kinematografiya fidokori” ko`krak nishoni ta`sis etildi va unga oid nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko`ra, ko`krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g`oyaviy jihatdan etuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ`ib qilishga munosib hissa qo`shgan shaxslar taqdirlanadi.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko`krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo`yicha takliflar har yili 1 dekabrgacha Kinematografiya agentligiga beriladi.

Taqdirlashga oid takliflarni ko`rib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 kishilik komissiya tuziladi.

Komissiya tomonidan 20 dekabrgacha munosib nomzodlar bo`yicha xulosa qabul qilinadi va u asosida bosh direktor buyrug`i 25 dekabrgacha qabul qilinadi.

Ko`krak nishoni har yili 28 dekabr – Xalqaro kino kuni arafasida tantanali topshiriladi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so`m) miqdorida pul mukofoti beriladi.

    Boshqa yangiliklar