"Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.
Qaror bilan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati (tibbiy-ijtimoiy muassasalar) Davlat bojxona qo`mitasiga biriktirildi.
Bojxona qo`mitasi keksalar va nogironlarni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitasiya qilishning texnik va gigienik vositalari bilan ta`minlashga ko`maklashadi.
2023–2024 yillarda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida videokuzatuv moslamalari o`rnatiladi.
2022 yil 1 oktyabrdan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilar har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o`qitiladi.
2023 yil 1 iyungacha ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo`lgan shaxslarning zamonaviy abilitasiya va reabilitasiya muolajalaridan o`tishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratiladi.
Har yili 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab “Muruvvat” bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari o`rtasida respublika miqyosida sport musobaqalari uyushtiriladi.
2022 yilda Namangan viloyatining “Saxovat” internat uyi hududida nuroniylarning bo`sh vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida kunduzi pullik xizmat ko`rsatuvchi “Keksalar bog`i” tashkil qilinadi.






