DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.
Unda poytaxtimizdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtda ushlandi.
Ma`lum bo`lishicha, u Qozog`iston Respublikasidagi oliygohlardan birining 2-bosqichini tamomlaganligi haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toshkent shahridagi xususiy universitetning 2-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishini va`da qilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






