AsosiyJinoyat

DXX Zangiota hokimligi xodimini pora bilan qo`lga oldi

'DXX Zangiota hokimligi xodimini pora bilan qo`lga oldi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Zangiota tumani hokimligi xodimi pora olayotganida qo`lga tushdi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, DXX Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirg`izistondagi oliy o`quv yurtida o`qishlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, so`ngra ularning o`qishlarini Toshkentdagi oliygohlardan birining 2-bosqichiga ko`chirib berish evaziga 18 ming dollar olgan vaqtida ushlagan.

Shuningdek, xorijiy davlatlardagi OTMlarga o`qishga kirishga ko`maklashish bilan shug`ullanuvchi, Toshkent shahridagi MChJ rahbari Qozog`iston Respublikasi fuqarosi bilan kelishgan holda 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning Qozog`iston Respublikasidagi oliygohlardan birining 1-bosqichini tamomlaganliklari haqidagi hujjatni tayyorlab berish evaziga har biridan 15 mln. so`mdan pul mablag`i talab qiladi.

Natijada, u MChJ hisob raqamiga umumiy 9 mln. so`m, Qozog`iston fuqarosi nomiga 1900 AQSh dollari o`tkazilgani to`g`risida 4 dona kvitansiyalarni qabul qilib olgan vaqtida, DXXning Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi va IJQK departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

    Boshqa yangiliklar