AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya olimlari Marsda yashashga mo`ljallangan uy qurishdi

'Buyuk Britaniya olimlari Marsda yashashga mo`ljallangan uy qurishdi'ning rasmi

Buyuk britaniyalik olimlar Marsda yashashga mo`ljallangan “Building a Martian House” nomdagi uy-loyihani taqdim etdi.

Uy qizil sayyoraning keskin iqlimi va tabiiy sharoitiga to`liq moslashtirilgan. Uy -63 daraja sovuq hamda galaktika va fazoviy radiasiyaga chidamli. Qolaversa, odamlar uning ichida o`zlarini xuddi erdagidek his etishadi.

Binoning umumiy maydoni 52 kvadrat metr. Uy unga o`natilgan quyosh panellaridan “to`yinadi”.  

Bino umumiy uch qavatdan iborat. Birinchi qavat Mars ustida joylashadi. U tillarang folgadan tayyorlangan. Ikkinchi qavat ham qizil sayyoraning ustki qismida joylashadi. Unda mehmonxona joylashgan bo`lib, unda kosmonavtlar ovqat uchun ko`kat o`stirishi mumkin. Bu erda, shuningdek, oshxona va katta deraza ham bor.  

Uchinchi qavat Mars tuprog`ining ostida joylashadi. Bu astronavtlarni radiasiyadan himoya qilish imkonini beradi. Unda yotoqxona, dispecherlik xonasi, hojatxona va dush o`rin oladi, deyiladi hi-tech.mail.ru saytida.

    Boshqa yangiliklar