Ukrainaning tiklanishi uchun 600-800 milliard dollar kerak. Bu haqda Volodimir Zelenskiy “Fransiya korxonalari harakati”ga murojaati davomida ma`lum qildi, deya yozadi Zamon.uz' sayti.
Shu bilan birga u mamlakatda harbiy harakatlar davom etayotgani hisobiga aniq summa haqida gapirish qiyinligini ta`kidlagan. Zelenskiy ta`lim, port, transport va turarjoy infratuzilmasini tiklash zarurligini ta`kidlagan.
“600-800 milliard — bu Luganoda aytilgan summa. Bu ochiq aytilgandi, u chuqur tahlil asosida hisoblangandi. Hammasining avvalgidek bo`lishi uchun shuncha mablag` kerak”, – degan Ukraina rahbari.






