Armaniston Hukumati rahbari O`zbekiston etakchisini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi, deya xabar bermoqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Ma`lum qilinganidek, ikki tomonlama munosabatlarni va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.
Shuningdek, amaliy hamkorlikni ilgari surishning muhim jihatlariga alohida e`tibor qaratilgan.
"O`zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va etakchi korxonlarni faol jalb qilgan holda kooperasiya loyihalarini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun samarali mexanizmlarni shakllantirishdagi mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibi va ko`p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muloqotni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Mirziyoev Lukashenko bilan suhbatlashgandi.






