AsosiyJamiyat

Joriy o`quv yili uchun 190 mingdan ziyod abiturient talabalikka tavsiya etilgan – DTM

'Joriy o`quv yili uchun 190 mingdan ziyod abiturient talabalikka tavsiya etilgan – DTM'ning rasmi

2022-2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko`ra, 190 375 nafar abiturient talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Shundan

  •  39 962 nafari — davlat granti;
  •  150 413 nafari — to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

 

Talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti:

  •  Kunduzgi ta`lim shakli — 118 352 nafar;
  •  Sirtqi ta`lim shakli — 45 407 nafar;
  •  Kechki ta`lim shakli — 9 139 nafar;
  •  Masofaviy ta`lim shakli — 3 416 nafar.

 

Tanlov natijalariga ko`ra:

  •  davlat granti asosida o`rtacha ball — 121,2 ballni;
  •  to`lov-kontrakt asosida o`rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar