AsosiyJamiyat

Toshkentdagi do`konlardan birida 503.000 so`mlik mahsulotlarni yashirincha o`g`irlab ketgan erkak uch kun o`tib vafot etdi(video)

'Toshkentdagi do`konlardan birida 503.000 so`mlik mahsulotlarni yashirincha o`g`irlab ketgan erkak uch kun o`tib vafot etdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro do`konda o`g`rilik sodir etayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. 

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha,  mazkur o`g`irlik joriy yilning 26 avgust kuni Yashnobod tumanida joylashgan do`konlarning birida 1984 yilda tug`ilgan Aleksandr Ryabov tomonidan sodir etilgan.

A.Ryabov do`kondan jami 503.000 so`mlik mahsulotlarni talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

 Holat yuzasidan o`tkazilgan tekshiruv jarayonida  A.Ryabov 2022 yilning 29 avgust kuni surunkali kasallik tufayli vafot etganligi aniqlangan. Shu sababli, ish hujjatlari yurituvdan tugatiladi.

    Boshqa yangiliklar