O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi "O`zbekiston Respublikasining 2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida"gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq, Xalq ta`limi vazirligi, Moliya vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi qarori qabul qilingan.
Unga ko`ra, maktab o`qituvchilariga dars soatlari quyidagi ko`rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
- xalqaro olimpiadalar g`oliblarini tayyorlagan o`qituvchilar;
- o`qituvchi bo`lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g`oliblari;
- xalqaro sertifikatlarga ega o`qituvchilar;
- TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o`qituvchilar;
- asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g`oliblarini tayyorlagan o`qituvchilar;
- o`qituvchi bo`lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g`oliblari;
- respublika bosqichidagi ko`rik tanlovlarda (yil o`qituvchisi) sovrinli o`rinlarga ega bo`lgan o`qituvchilar;
- oliy malaka toifasiga ega o`qituvchilar;
- birinchi malaka toifasiga ega o`qituvchilar;
- asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g`oliblarining o`qituvchilari;
- ikkinchi malaka toifaga ega o`qituvchilar;
- pedagogik yo`nalish bo`yicha magistr darajasiga ega o`qituvchilar;
- o`z fanidan o`tkazilgan sinovlar natijasi bo`yicha a`lo baholarga ega o`qituvchilar;
- oliy ma`lumotli toifasiz o`qituvchilar;
- qayta tayyorlash bo`yicha diplomga ega o`qituvchilar;
- OTMning pedagogik yo`nalish bo`yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
- pedagogik yo`nalish bo`yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o`qituvchilar;
- o`rta maxsus, professional ma`lumotga ega o`qituvchilar;
- umumta`lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo`yicha rahbar xodimlari.
Umumta`lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.






