AsosiyJamiyat

"Yoshlar" telekanalida Ukraina bayrog`ini xiralashtirib efirga uzatganlarga choralar ko`rildi

'"Yoshlar" telekanalida Ukraina bayrog`ini xiralashtirib efirga uzatganlarga choralar ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yoshlar" telekanalidagi "Yangi Davr"  informasion dasturida efirga uzatilgan futbol sharhida Ukraina bayrog`ini xiralashtirilib qo`yilganligi keskin tanqid ostiga olindi. 

"Rossiyada shu bayroqni olib yurgan yoki bayroqdagi ranglardan foydalangan odamlarga qarshi ish ochilayotganidan xabardormiz. Lekin biz hali Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishga ulgurmagandik shekil, qaerdan bunaqa fobiya?", – deyiladi ba`zi tanqidlarda.  

 

Yoshlar telekanali mazkur holatbo`yicha rasmiy bayonot berildi.

" Futbol bo`yicha Ispaniya chempionati doirasidagi o`yinlar 26 avgustdan boshlab “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda. Shu kunga qadar LaLiga'ning 8 ta o`yini namoyish etildi. Futbol bahslari namoyishi davomida kadrlarga hech qanday qo`shimcha effektlar qo`llanilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat esa “Yangi Davr” informasion dasturining sport xabarlari blokidan olingan. Bu holat yuzaga kelishi sabablari aniqlashtirilganda, lavhani tayyorlagan montajchi “Real Madrid” jamoasi o`ynayotgan futbolda Ispaniya bayrog`i o`rniga Ukraina bayrog`i xato qo`yilgan deb o`ylab, bu "xatolik"ni o`zboshimchalik bilan to`g`irlamoqchi bo`lgani va shu maqsadda berkitgani ma`lum bo`ldi. Bosh muharrir ko`rik paytida bu holatga e`tibor bermay, lavhani efirga uzatishga ruxsat bergan. Bu bo`yicha aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.

Yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so`raymiz va ushbu holatga siyosiy tus bermaslikni iltimos qilamiz.

Futbol namoyishini telekanalimiz orqali kuzatayotgan va kamchiliklarimizga befarq bo`lmagan barchaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz", – deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar